← Qushlar
Oqbosh o‘rdak
Qushlar

Oqbosh o‘rdak

Oxyura leucocephala
Maqomi 1 (EN) — Yo‘qolish arafasida

Oxyura leucocephala (Scopoli, 1769)

Maqom: 1(EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan, uchib oʼtuvchi tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [EN].

Tarqalishi: Janubiy Orolboʼyi, Zarafshon d. quyi oqimida (uyalash); Markaziy Qizilqum, Xorazm vohasi, Mirzachoʼl (uchib oʼtish); Dengizkoʼl (qishlash). 

Oʼzbekistondan tashqarida: oʼarbiy Sibir janubi, Qozogʼiston, Volga d. quyi qismi, Turkmaniston, Turkiya, Pokiston (uyalash); Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Ozarbayjon, Eron, Pokiston, Hindiston (qishlash).

Yashash joylari:Tekislikdagi chuchuk va nimshoʼr suvli serqamish koʼllar.

Soni: 1930-yillarda mintaqada 30 mingdan ortigʼi yashar edi. Hozirda Oʼzbekistonda 2 ming donasigacha (dunyo populyatsiyasining 20%) uyalaydi, 5 mingdan ortigʼi uchib oʼtadi. Dengizkoʼlda 5 mingga yaqini qishlaydi.

Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - fevral-martda. Qirgʼoqdagi qamishzorlarda yerga in quradi; mayda 6-10 ta tuxum qoʼyadi va 25-27 kun bosib yotadi. Poloponlari avgust-sentyabrda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib oʼtishi - oktyabrda, noyabrdan fevralgacha qishlaydi. Suv oʼtlari va suvda yashovchi umurtqasizlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Amudaryo va Sirdaryo havzalarida suv rejimining oʼzgarishi oqibatida yashash joylarining yoʼqotilishi, brakonerlik.

Koʼpaytirish: Angliya parvarishxonalarida koʼpaytiriladi.

Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Sudoche, Dengizkoʼl, Tuzkon k. buyurtmaxonalarda muhofaza ostiga olingan. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009