← Umurtqasizlar
Geringiya Geringiya Geringiya
Umurtqasizlar
Yangi

Geringiya

Heringia senilis
Maqomi 1 (EN) — Yo‘qolish arafasida
EN — Endangered (IUCN xalqaro toifasi)

Heringia senilis Sack, 1938

Maqomi: 1 (EN): Zaif, qisqarib borayotgan, lokal tarqalgan, areali chegararasida uchraydigan janubi-g‘arbiy Palearktika turi.

Tarqalishi: Oqsoqota (Chotqol t.), Hayot (Nurota t.) vohalari. O‘zbekistondan tashqarida: Janubiy Yevropa, Kavkaz, Qozog‘iston.

Yashash joylari: Tog‘larning (d.s.b. 1300- 1800 m) keng yaproqli o‘rmonlari.

Soni: Hamma joyda qisqarib bormoqda, ayrim yillari mavsumda bir necha dona, keyingi yillari esa lokal populyatsiyalarda har 100 kv. metrda 1 donagacha uchratish mumkin.

Yashash tarzi: Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi aprelmay oylarida; soyabonguldoshlar (Apiaceae) va murakkabguldoshlarda (Asteraceae) oziqlanadi. Lichinkalari qayrag‘ochda (Ulmus) uchraydigan g‘allali o‘simlik shiralari bilan oziqlanadi va o‘sha yerda qishlaydi.

Cheklovchi omillar: Daraxt va butalarni kesib tashlash, ozuqa o‘simligini yo‘q qilish, haddan tashqari ko‘p pichan tayyorlash, yaylovdan chorvachilik uchun meʼyoridan ortiqcha foydalanish.

Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.

Muhofaza choralari: Nurota qo‘riqxonasi va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza ostiga olingan. Katta qayrag‘ochlar kesilishini taqiqlash lozim.

Manbalar: [12, 96, 135]. D.B. Daminova

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009