← Sigirquyruqdoshlar
Yirik sherolchin
Sigirquyruqdoshlar
Yangi

Yirik sherolchin

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Pedicularis grandis Popov ex Vved.

Maqomi: 1. G‘arbiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Popuk ildizli o‘simlik. Poyasi yakka-yakka, tik, namatsimon tukli, balandligi 50–80 sm. Barglari navbat bilan o‘rnashgan, cho‘ziq, patsimon qirqilgan. To‘pguli 20–40 sm uzunlikda. Kosachasi namatsimon tukli, uzunligi 30–33 mm, naychasi bilan bo‘rtib turadi. Qalpoqchasi o‘roqsimon egilgan, uzun tumshuqchali. Labchasi tishli, 3 bo‘lakli. Ikkita changchisining ipi qalin tukli, boshqa ikkitasiniki tuksiz.

Tarqalishi: Qashqadaryo viloyati: Hisor tizmasi (G‘ilon qishlog‘i atrofida tarqalgan).

O‘sish sharoiti: Tog‘larning o‘rta qismidagi daryolarning qirg‘oqlarida joylashgan o‘rmonlarda o‘sadi.

Soni: 25 yil mobaynida bu turni topish ustida olib borilgan ishlar natijasiz tugadi. U butunlay yo‘qolib ketgan bo‘lsa kerak.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘paygan bo‘lsa kerak.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [159, 176]. O. Q. Hojimatov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009