← Bug‘doydoshlar
Oqtog‘ chalovi
Bug‘doydoshlar
Yangi

Oqtog‘ chalovi

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Stipa aktauensis Roshev.

Maqomi: 2. Markaziy Qizilqumdagi juda kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 25–30 sm ga yetadigan, chim hosil qiluvchi, ko‘p yillik o‘t. Barglari ingichka, yuqoridagilari biroz kengayib, to‘pgullarini o‘rab olgan. To‘pgulining uzunligi 6–10 sm, ingichka, kam boshoqli. Boshog‘ining o‘zagi deyarli 13,5 sm uzunlikda, bo‘g‘im-bo‘g‘im bo‘lib qayrilgan, butun yuzasi mayda patsimon tuklar bilan qoplangan, tuklari 4–5 mm uzunlikda. Aprel–iyun oylarida gullab, meva beradi.

Tarqalishi: Markaziy Qizilqumdagi pastqam qoldiq tog‘larda tarqalgan (Qoraqalpog‘iston, Navoiy va Buxoro viloyatlari).

O‘sish sharoiti: Quruq tog‘ yonbag‘irlarida, qoyalarning yoriqlarida uchraydi.

Soni: Maʼlumotlar yo‘q.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollari boqilishi tufayli qisqargan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Alohida muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Tabiatda va madaniy sharoitda bu turning biologiyasini o‘rganish lozim. Uni nazorat ostiga olish uchun Oqtog‘ va Tomditog‘da buyurtmaxonalar tashkil qilish tavsiya etiladi. Manbalar. [159, 219, 316]. H. F. Shomurodov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009