Stipa gnezdilloi Pazij
Maqomi: 1. Ko‘hitang tizmasining kamyob, petrofit o‘simligi.
Qisqacha tavsifi: Poyalari tuklangan, ko‘p yillik o‘t, bo‘yi 50–60 sm. Barglari tuksiz. Tilchasi 1–2 mm, kiprikchali. Gulto‘pi 11–17 sm uzunlikda. Boshoqlari deyarli bir xil, 3–4 sm uzun likda. Pastki gul qobig‘i 11–13 mm. Boshog‘i 12–13 sm uzunlikda, ikki bo‘g‘imli, tuklari 0,2–0,3 mm. May–iyun oylarida gullab, meva beradi.
Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Ko‘hitang tizmasi. O‘zbekistondan tashqari Turkmanistonda ham uchraydi.
O‘sish sharoiti: Tog‘larning o‘rta kamaridagi toshli-shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi.
Soni: Aniqlanmagan.
Ko‘payishi: Urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Tarqalish doirasi tor bo‘lgan stenobiont o‘simlik.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Surxon davlat qo‘riqxonasida muhofaza etiladi. Manbalar. [159, 219, 316]. H. F. Shomurodov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009