← Kovuldoshlar
Gordyagin kleomasi
Kovuldoshlar
Yangi

Gordyagin kleomasi

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Cleome gordjaginii Popov

Maqomi: 1. Janubiy Pomir-Oloyning o‘ta kamyob, relikt o‘simligi.

Qisqacha tavsifi: Poyalari 50–120 sm balandlikdagi, sarg‘ish momiq tukli bir yillik o‘t o‘simlik. Barglari tuxumsimon, momiq tukli, uzunligi 4–5 mm, eni 3–3,5 mm. Kosachabarglari lansetsimon, 3 tasi bir xil, 4-si yirikroq, 7 mm gacha. Changchilari 6 ta. Ko‘sagi 25–50 mm uzunlikda, eni 1,5–2 mm, o‘tkir burunchali, bezli tuklari bor. Avgustda gullab, sentyabrda mevalaydi.

Tarqalishi: Surxondaryo: Kelif-Sherobod tepaliklari. O‘zbekistondan tashqarida: Turkmaniston (Kopetdog‘).

O‘sish sharoiti: Gipsli yonbag‘irliklar.

Soni: 2009 yilda 20 tupi topilgan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollarining ko‘p boqilishi, turning reliktligi va ola jinsli maydonlarning qisqarib borishi.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [262, 310]. T. T. Rahimova.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009