← Sutemizuvchilar
Vinogradov qo‘shoyog‘i Vinogradov qo‘shoyog‘i Vinogradov qo‘shoyog‘i
Sutemizuvchilar
Yangi

Vinogradov qo‘shoyog‘i

Allactaga vinogradovi
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
VU — Vulnerable (IUCN xalqaro toifasi)

Allactaga vinogradovi (Argiropulo, 1941)

Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, tor arealli, endemik tur. TMXI Qizil ro‘yxatiga kiritilgan [NT].

Tarqalishi: Areali ikkita ajralgan hududdan iborat. Biri Janubiy Qozog‘iston va Shimoli-g‘arbiy Qirg‘iziston hududlaridan Tyan- Shan shimoli-g‘arbiy tizmalarining tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab tor doirada cho‘zilgan bo‘lsa, boshqasi – O‘zbekistonda Nurota tog‘i yonbag‘irlari bilan chegaralangan. Shuningdek, Toshkent viloyatining adirlarida alohida topilmalari aniqlanganligi qayd qilinadi.

Yashash joylari: Tog‘oldi va tog‘ yonbag‘irlaridagi qo‘riq yerlar.

Soni: O‘zbekistondagi tur areali maydoni taxminan 720000 ga ekanligi qayd qilinib, bu dunyo bo‘yicha tur arealining 1/5 qismini tashkil etadi. Zichligi taxminan – gektariga 0,5-0,6 dona.

Yashash tarzi: Tunda faol, kunduzi inlarga berkinadi. Inlari uch toifa – yozgi, qishki va himoya uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Qishki uyquga ketishi – oktyabr oyining o‘rtasidan to fevralning o‘rtasi – martning boshigacha. Bir mavsumda uch martagacha ko‘payadi, bolalari (odatda 3–5 ta) – bahorda, yoz boshida va kuzda tug‘iladi. 4-6 oyda jinsiy voyaga yetadi. Umr davomiyligi 2 yildan ko‘p emas. Hammaxo‘r jonivor.

Cheklovchi omillar: Hududlarning xo‘jalik maqsadida o‘zlashtirilishi.

Ko‘paytirish: Olib borilmagan.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun turning tarqalish chegaralari va tahdidlar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish lozim.

Manbalar: [69, 85, 109, 116, 158, 177]. Yu.O. Mitropolskaya, R.D. Kashkarov

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009