← Sutemizuvchilar
Keng quloqli qat-qat lab
Sutemizuvchilar

Keng quloqli qat-qat lab

Tadarida teniotis
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan

Tadarida teniotis (Rafinesque, 1814)

Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, koʼchib yuruvchi, tur. 

Tarqalishi: Bobotogʼ, Pskem t., Chirchiq d. yuqori qismi, Qorakoʼl sh. Atroflari (Buxoro viloyati). 

Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston, Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Gʼarbiy va Oʼrta Osiyo, Qozogʼiston, Hindiston, Koreya, Janubiy Sharqiy Xitoy, Yaponiya.

Yashash joylari. Togʼ etaklari va togʼlarning d.s.b. 3000 metrgacha boʼlgan qismlari.

Soni: Doimo kam boʼlgan. Bobotogʼdagi koloniyalari (20-30 tadan, asosan urgʼochilari) bir-biridan 2-3 km masofada joylashadi. Ayrim yillari umuman uchramaydi. Boshqa hududlarda sanoqli topilmalari qayd etilgan.

Yashash tarzi:  Oʼzbekistonda yetarlicha oʼrganilmagan. Tunlari faol, ozuqa topish maqsadida 15-20 km gacha koʼchadi, qunduzi qoyalarning chuqur, tik tushgan yoriqlariga, piramon qoyalar ostiga berkinadi. Aprel-mayda juftlashadi, iyunda bolalaydi (1). Bolalari iyul-avgustda uchirma boʼladi va ikkinchi yilga jinsiy voyaga yetadi. Koʼchish va qishlash xususiyatlari nomaʼlum. Mayda hasharotlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Berkinish joylarida bezovta qilinishi, turar joylarining degradatsiyalanishi.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Ugom-Chotqol milliy bogʼida muhofaza ostiga olingan. Saqlanib qolgan barcha populyatsiyalarini aniqlash, ularning muhofazasini tashkil qilish, areali, soni va yashash tarzini mukammal oʼrganish lozim.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009