← Qushlar
Qumoy Qumoy Qumoy
Qushlar
Yangi

Qumoy

Gyps himalayensis
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
VU — Vulnerable (IUCN xalqaro toifasi)

Gyps himalayensis Hume, 1869

Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, o‘troq, lokal tarqalgan tur. TMXI Qizil ro‘yxatiga kiritilgan [NT].

Tarqalishi: Hisor tog‘i (uyalash), Farbiy Tyan-Shan, Turkiston tog‘i (ko‘chish). O‘zbekistondan tashqarida: O‘rta va Markaziy Osiyoning tog‘li hududlari, Himolay.

Yashash joylari: Tog‘larning o‘rta va yuqori (d.s.b. 2000-5200 m) qismlari.

Soni: Doimo kam bo‘lgan. Hisor tog‘ida sanoqli uyalashi qayd etilgan (16 ta qushdan iborat gala); boshqa joylarda ham kamdankam uchraydi. Keyingi o‘nyilliklarda G‘arbiy Tyan-Shan tizmalarida bir necha marta qayd qilingan. Turning O‘zbekistondagi soni aniq emas. Dunyodagi populyatsiyasi (100-500 mingta) o‘tgan asrning 90-yillaridan beri 25-29% ga qisqargan.

Yashash tarzi: Qoyalarda alohida juft yoki kichik koloniya (4-5 juft) bo‘lib uyalaydi. Fevral oyida 1 dona tuxum qo‘yadi va 60 kun bosib yotadi. Polaponlari avgust oyidan boshlab ucha boshlaydi. Ko‘chishi nomuntazam. Tuyoqlilar o‘laksasi bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Yovvoyi tuyoqlilar sonining kamayib ketishi.

Ko‘paytirish: Dunyo hayvonot bog‘larida ko‘paytiriladi.

Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Tog‘ qo‘riqxonalari va milliy tabiat bog‘larida muhofaza ostiga olingan. SITES ning II Ilovasiga va Bonn konvensiyasining II Ilovasiga kiritilgan.

Manbalar: [8-11, 14, 17, 48, 70, 80, 84, 86, 88, 119, 125, 126, 156, 183, 191-193, 200]. M.G. Mitropolskiy

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009