← Qushlar
Osiyo moki loyxo‘ragi
Qushlar

Osiyo moki loyxo‘ragi

Limnodromus semipalmatus
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan

Limnodromus semipalmatus (Blyth, 1848)

Maqomi:  2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, uchib oʼtuvchi tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [NT].

Tarqalishi: Janubiy Orolboʼyi, Sirdaryoning oʼrta oqimi (Chinoz sh. atrofi, Dalvarzin koʼllari (uchib oʼtish).

Oʼzbekistondan tashqarida: Janubiy Sibir (uyalash), Janubi-sharqiy Osiyo (qishlash).

Yashash joylari: Tekislikdagi suv havzalarining botqoqlash gan qirgʼoqlari va sayozliklari.

Soni:  Doimo kam boʼlgan. Yakka holda va guruh (2-6) boʼlib uchib oʼtadi. Dunyo populyatsiyasi 13000 tashkil qiladi.

Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - aprel-mayda, kuzgisi - iyul-sentyabrda. Mayda baliq va suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar:  Aniqlanmagan.

Koʼpaytirish:  Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Sudoche k. buyurtmaxonasida muhofaza ostiga olingan.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009