← Umurtqasizlar
Glazunov gulbadani
Umurtqasizlar

Glazunov gulbadani

Callisthenes glasunovi
Maqomi 1 (EN) — Yo‘qolish arafasida

Callisthenes glasunovi (Semenov, 1900)

Maqomi: 1(EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan lokal endemik.

Tarqalishi: Nurota t., Samarkand sh. atrofi (Iskandar q.).

Yashash joylari: Togʼ etaklari tekisliklari va turli oʼt oʼsimliklar bilan qoplangan togʼ (d.s.b. 600-1000 m) yonbagʼirlari.

Soni: Kam topilmalar orqali maʼlum. Soʼnggi paytlarda bu tur juda kam topilgan edi. 2001 yilda

Nurota qoʼriqxonasida maxsus izlanishlar olib borilganiga karamay, bu tur topilmadi.

Yashash tarzi :Kam oʼrganilgan. Yilda bir marta nasl beradi. Voyaga yetganlari aprelda harakatchan boʼlishadi. Yirtqich, mayda hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Pichan tayyorlash, yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish, 

yerlarning nurashi, zaharli kimyoviy moddalarni keng qoʼllash.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Nurota qoʼriqxonasida muhofaza osti ga olingan; yashash joylari, soni, hayot tarzini mukammal oʼrganish lozim.    

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009