Maqomi: 1 (CR): Butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan (balki yo‘q bo‘lib ketgan), lokal tarqalgan o‘troq tur. TMXI Qizil ro‘yxatiga kiritilgan [DD].
Tarqalishi: Samarqand shahri atrofi. O‘zbekistondan tashqarida: Janubi-g‘arbiy Tojikiston. Farbiy Sibir janubi, Uzoq Sharq, Koreya, Xitoyda – boshqa kenja turi.
Yashash joylari: Tekisliklar, tog‘ etaklari va vohalar.
Soni: Odatda yakka holda yoki kichik guruhlarda (3-5 ta), baʼzan koloniya shaklida uchraydi (Samarqand yaqinida 1957-1963 yillarda qumtoshli yerosti yo‘llarida 100-500 tadan iborat O‘zbekistonda yagona koloniyasi yashar edi, keyinchalik yashash joylari buzilib ketgan. So‘nggi 50 yilda yangi maʼlumotlar yo‘q.
Yashash tarzi: O‘zbekistonda yetarlicha o‘rganilmagan. Aprel-oktyabrda tunlari faol, kunduzi tashlandiq xarobalarga, g‘orlarga, qoya yoriqlariga, eski yerosti yo‘llariga berkinadi. Yakka-yakka holda qishni ham o‘sha yerda o‘tkazadi. Bahor va kuzda 100 km gacha ko‘chadi. Iyul-avgustda juftlashadi, keyingi yil iyun-iyulda bolalaydi (1-2), ular bir qishlashdan so‘ng jinsiy voyaga yetadi. Tunda uchadigan hasharotlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Yashash joylarining yo‘q qilinishi, berkinib yotgan joylarida bezovta qilinishi.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Saqlanib qolgan barcha populyatsiyalarini aniqlash, muhofazasini tashkil qilish, areali, soni va yashash tarzini mukammal o‘rganish lozim.
Manbalar: [14, 15, 16, 26, 40, 72, 74, 76, 146, 152, 171, 177] O.P. Bogdanov, Yu.O. Mitropolskaya
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009