← Tutdoshlar
Yovvoyi anjir
Tutdoshlar
Yangi

Yovvoyi anjir

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Ficus carica L.

Maqomi: 2. Markaziy Osiyo hududiga xos nihoyatda kamyob, areali ajralgan tur.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 5–8 m ga yetadigan daraxt yoki buta. Barglari navbat bilan joylashgan, 3–5 bo‘lakli, pastki tomoni tukli. To‘pguli barg qo‘ltig‘ida bittadan joylashgan, qisqa bandli, mevasi noksimon. Bir yilda ikki-uch martagacha hosil beradi. Aprel oyida gullab, mevasi iyul– avgust oylarida pishadi.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasida Sangardak va To‘palang daryolarining havzalarida tarqalgan. Tojikiston va Turkmanistonda ham o‘sadi.

O‘sish sharoiti: Daryo havzalarida toshshag‘alli tuproqlarda o‘sadi.

Soni: Yakka-yakka yoki to‘p-to‘p bo‘lib o‘sadi.

Ko‘payishi: Vegetativ yo‘l bilan (qalamchasidan va bachkisidan) ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Qishki sovuq, bahorgi sellardan zarar ko‘radi. Shuningdek, o‘tin sifatida ishlatiladi.

Madaniylashtirilishi: Anjir navlarini yetishtirishda foydalaniladi.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [205, 225]. R. I. Qozoqboyev.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009