← Shotaradoshlar
Turkiston shotarachasi
Shotaradoshlar
Yangi

Turkiston shotarachasi

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Fumariola turkestanica Korsh.

Maqomi: 2. Oloy tizmasidagi juda kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 10–15 sm orasidagi ko‘p yillik, ko‘kimtir o‘t. Poyasi bitta, ingichka, asosidan shoxlangan. Barglari uzun bandli, ikki karra uch bo‘lakka bo‘lingan, tuksiz. Yaproqlari 2–3 bo‘lakli. To‘pguli soyabonsimon, kam gulli, shingili barglaridan qisqa. Gullari mayda, ko‘rimsiz, sarg‘ish. Mevasi yong‘oqcha, uzunligi 3 mm, eni 1 mm, qoramtir rangli, g‘adir-budir. May–iyun oylarida gullab, mevasi iyul–avgustda yetiladi.

Tarqalishi: Farg‘ona viloyati: Shohimardon va Isfayram daryolari havzalarida tarqalgan. Qirg‘izistonda ham uchraydi.

O‘sish sharoiti: Ohaktoshli qoyalarning yoriqlarida o‘sadi.

Soni: Vodil, Shohimardon va Yordon qishloqlari o‘rtasidagi qoyalarda 5 ta tupi mavjud. Toshqoyalarda o‘sishi tufayli soni ham nihoyatda kam.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: O‘simlik arealiga aniqlik kiritish va biologik xususiyatlarini o‘rganish lozim. Manbalar. [167, 242].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009