Phyllitis scolopendrum (L.) Newman
Maqomi: 1. G‘arbiy Tyan-Shanga xos kamyob tur.
Qisqacha tavsifi: Qirqquloq (paporotnik). Barglari yirik, uzunligi 40 sm ga yetadi, eni 6 sm, uzun bandli. Yaprog‘i nashtar-tasmasimon, chetlari to‘lqinsimon, asosi yuraksimon. Soruslari qalami, uzunligi 2,5 sm, asosiy tomirning ikki tomonida sal qiyshiq joylashgan, pardali. Iyul–avgustda sporalaydi.
Tarqalishi: Toshkent viloyati: Ugom tizmasi (Sijjaksoy)da tarqalgan. O‘zbekistondan tashqari Turkmaniston (Kopetdog‘) va O‘rta Yer dengizi atroflarida uchraydi.
O‘sish sharoiti: Tog‘larning o‘rta qismidagi qoyalarning soyalarida o‘sadi.
Soni: Yakka-yakka va kichik guruhlar hosil qilib o‘sadi.
Ko‘payishi: Sporalari bilan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Maʼlumotlar yo‘q.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza qilinadi. Manbalar. [63, 159]. F. O‘. Hasanov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009