Pyrus asia-mediae (Popov) Maleev
Maqomi: 0. G‘arbiy Tyan-Shanga xos yo‘qolib ketgan tur.
Qisqacha tavsifi: Shox-shabbali yirik daraxt. Barglari yirik, keng tuxumsimon yoki deyarli yumaloq, chetlari yirik arrasimon, bargining pastki tomoni yashil, ustki tomoni esa to‘q yashil, barg bandi yaprog‘idan qisqaroq. Gullari mayda. Mevasi yirik, yumaloq, ko‘kish yoki sarg‘ish rangli, kechpishar, sersuv, shirin. May oyida gullab, mevasi oktyabrda pishadi.
Tarqalishi: Toshkent viloyati: Faqatgina Piskom daryosi bo‘yidagi Ispay va Mullali qishloqlarida o‘sganligi maʼlum.
O‘sish sharoiti: Bog‘larda o‘sgan.
Soni: Faqatgina bir marta M. G. Popov tomonidan yig‘ilgan. Keyingi izlanishlar natijasiz tugagan.
Ko‘payishi: Maʼlumotlar yo‘q.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan. Qarigan tuplari o‘tin sifatida ishlatib yuborilgan.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: O‘sish joylari Ugom- Chotqol milliy tabiat bog‘i hududida joylashgan. Maxsus muhofaza choralari ko‘rilmagan. Manbalar. [159, 164, 189, 256]. O‘. P. Pratov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009