← Bignoniyadoshlar
Olga inkarvilleyasi
Bignoniyadoshlar

Olga inkarvilleyasi

Maqomi 3 — Kamyob
Maqomi 3. Pomir-Oloydagi juda kamyob, yo‘qolib ketish arafasidagi qadimgi tur.

Qisqacha tavsifi. Ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik, bo‘yi 1,5 m ga yetadi. Poyasi uncha ko‘p emas, tik o‘sadi. Barglari oddiy, uzunligi 6-10 sm, pat- simon qirqilgan. Gullari o‘simlikning uchidagi ro‘vaksimon to‘pgullarda o‘rnashgan. Kosachasi tuk- siz, uzunligi 3-4 sm, keng uchburchak tishchali. Gulto- ji voronkasimon, yirik, besh bo‘lmali, pushti-to‘q qizil rangli, ba’zan oq, uzunligi 4 sm, tashqi to- moni tuksiz, ichki tomoni siyrak tukli. Changchila- rining iplari tuksiz, changdoni ikki qanotchali, siyrak tukli. Urug‘doni uzun, tuksiz ustunchali. Me- vasi ko‘p urug‘li, cho‘ziqroq, po‘sti qalin, uzunligi 5-10 sm, eni 1 sm keladigan sal qayrilgan yoysimon ko‘sakcha. Urug‘i 1 sm gacha uzunlikda, yarim pardasi- mon, oq qanotchali. Iyun-avgust oylarida gullab, avgust-sentyabrda meva tugadi.
Tarqalishi. Farg‘ona viloyati: Pomir-Oloy (Oloy tizmasi)ning So‘x va Shohimardon daryola- ri havzasida tarqalgan. O‘zbekistondan tashqari Qirg‘iziston va Tojikistonda ham tarqalgan.

Usish sharoiti. Adir va tog‘larda 1500-2500 m ba- landlikdagi mayda chag‘ir toshli, toshli yonbag‘irlarda shag‘alli daryo o‘zanlarida o‘sadi.

Soni. Kichik guruhlar hosil qilib o‘sadi. Populyatsiyalariningumumiy soni aniqlanmagan.

Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.

Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Antropogen omillar ta’sirida va chorva mol- lari boqilishi tufayli kamayib ketgan.

Madaniylashtirilishi. O‘zR FA Botanika bog‘i- da 1961 yildan buyon muvaffaqiyatlio‘stirilmoqda.

Muhofaza choralari. Muhofaza qilinmaydi.

Manbalar. [25,156-159, 210].
I. V. Belol

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009