← Santaldoshlar
Minkvits teziumi
Santaldoshlar
Yangi

Minkvits teziumi

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Thesium minkwitzianum B. Fedtsch.

Maqomi: 1. G‘arbiy Tyan-Shanga xos yo‘qolib ketish arafasida turgan g‘oyat kamyob relikt o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 50 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t. Ildizi ko‘p boshchali, undan tik poyalar o‘sib chiqadi. Barglari keng nashtarsimon, charmsimon. Gullari yakka-yakka, sariq, deyarli bandsiz. Gulqo‘rg‘oni uzun naysimon, uchi 5 bo‘lakli. Urug‘i (yonchasi) ellips shaklida, tomirlari shoxlanib katakchalar hosil qiladi. May–iyun oylarida gullab, meva beradi.

Tarqalishi: G‘arbiy Tyan-Shanda to‘rtta o‘sish joyi maʼlum – Boshqizilsoy (O‘zbekiston), Boroldoytog‘, Talas Olatog‘i (Qozog‘iston) va Beshorol atroflari (Qirg‘iziston).

O‘sish sharoiti: Dengiz sathidan 1400 m balandlikda mayda jins tuproqlarda o‘sadi.

Soni: Har xil yoshdagi 50 dan ortiq tupi maʼlum.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarishi sabablari. Tabiatda kamyob, relikt tur. O‘simlik o‘sib turgan joylarda qurilish ishlarining olib borilishi va yerlarning xo‘jalik maqsadida o‘zlashtirilishi bu turning qirilib ketishiga sabab bo‘lgan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Chotqol biosfera qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Manbalar. [160, 302]. O. Q. Hojimatov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009