← Qumso‘tadoshlar
Jung‘or qumso‘tasi, sinomoriysi
Qumso‘tadoshlar
Yangi

Jung‘or qumso‘tasi, sinomoriysi

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Cynomorium songaricum Rupr.

Maqomi: 2. O‘zbekiston uchun kamyob tur.

Qisqacha tavsifi: Qizil-binafsha rangli tekinxo‘r o‘simlik. Bo‘yi 7–20 sm, yo‘g‘onligi 1,5–3 sm, uchburchak tangachalar bilan qoplangan, uzunligi 3–5 mm. To‘pguli juda tig‘iz, to‘g‘nag‘ichsimon, silindrsimon. Gullari zich joylashgan. Gulqo‘rg‘on bo‘laklarining uzunligi 2–4 mm. Changchisining changdoni bilan uzunligi 2,5 mm, urug‘chisiniki 2–3 mm. Mevasi sharsimon, eni 1,25–1,5 mm. May–iyunda gullaydi va meva tugadi.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati, Qoraqalpog‘iston: Ko‘hitangning tog‘oldi qismlari va Ustyurtda tarqalgan. O‘zbekistondan tashqari, Turkmaniston, Tojikiston, Eron, Afg‘oniston va Mo‘g‘ulistonda ham o‘sadi.

O‘sish sharoiti: Qumli va ola jinsli tuproqlarda o‘sadi.

Soni: 2009 yili Sho‘rob atrofida 10 tup, Kelif-Sherobod tepaliklarida 12 tup borligi aniqlangan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [134, 159]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009