Lonicera paradoxa Pojark.
Maqomi: 1. Pomir-Oloydagi juda kamyob, areali ajralgan, relikt endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Tarvaqalaygan shox-shabbali buta. Barglari ellipssimon yoki teskari-tuxumsimon, bo‘lakli, uzunligi 20 mm, chetlari qisqa kipriksimon, har ikki tomoni qisqa tukli. Gullari barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Mevasi yumshoq, qizil rangli, mayda. Urug‘lari 4–5 ta, oqish. Iyul– avgustda gullab, mevasi sentyabrda yetiladi.
Tarqalishi: Jizzax va Farg‘ona viloyatlari: Oloy tizmasi (Shohimardon qishlog‘i atrofi) va Turkiston tizmasida tarqalgan. Tojikiston va Qirg‘izistonda ham uchraydi.
O‘sish sharoiti: Tog‘larning o‘rta va yuqori qismlarida toshli-shag‘alli yonbag‘irlarda va siyrak archazorlarda o‘sadi.
Soni: Tabiatda juda kam uchraydi.
Ko‘payishi: Urug‘i va ildiz bachkilaridan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: O‘tin sifatida ishlatiladi. Chorva mollaridan ham zarar ko‘radi.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Buyurtmaxonalar tashkil qilish va O‘zR FA Botanika bog‘ida biologik xususiyatlarini o‘rganish lozim. Manbalar. [20, 248].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009