← Tuyatovondoshlar
Buxoro tuyatovoni
Tuyatovondoshlar
Yangi

Buxoro tuyatovoni

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Zygophyllum bucharicum B Fedtsch.

Maqomi: 1. Janubiy Pomir-Oloydagi past tog‘larda tarqalgan kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 1 m ga yetadigan sershox buta. Barglari 2 bargchali, 5–7 mm uzunlikdagi bandlari orqali shoxlarga o‘rnashgan. Yaproqchalari qalami, seret, uzunligi 5–7 mm, yosh yaproqchalari mayin tukli, vaqt o‘tishi bilan tuksizlanadi. Tojbarglari sariq, 10–12 mm uzunlikda. Mevasi deyarli sharsimon, tuksiz, 5 uyachali quticha, uyachalari keng qanotchali. Aprel–may oylarida gullab, mevasi may–iyunda yetiladi.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Ko‘hitang tizmasi va Surxondaryoning quyi oqimida tarqalgan. Turkmaniston va Janubiy Tojikistonda ham uchraydi.

O‘sish sharoiti: Past tog‘lardagi gipsli ola jinslarda o‘sadi.

Soni: Juda siyrak tarqalgan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Maydoni qisqarib borayotgan ola jinsli yonbag‘irlarda o‘sadigan relikt tur.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [30, 159, 310].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009