Vulpes corsac (Linnaeus, 1768)
ssp. turcmenicus Ognev, 1935
Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur.
Tarqalishi: Ustyurt, Amudaryo qayirlari, Qizilqum, Qarshi va Sandiqli cho‘llari, Pomir-Oloy adirlari, o‘tmishda - G‘arbiy Tyan- Shanning tog‘oldi tekisliklari va adirlari. O‘zbekistondan tashqarida: Janubi-sharqiy Yevropadan Baykal bo‘yigacha.
Yashash joylari: Loyli sahrolar, tog‘ etak lari va adirlar.
Soni: XX asrning 60-70 yillarida G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloyning barcha tog‘ oldi tekisliklari va adirliklarida bo‘lgan. Zichligi Qarshi cho‘lida har 100 kvadrat metrga 49 dan 60 tagachani, Qizilqum cho‘lida esa 20-30 tani tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda ushbu jonivorlar sonining umumiy qisqarishi qayd qilinmoqda. Toshkent viloyati hududidagi G‘arbiy Tyan-Shan pasttog‘larida butunlay g‘oyib bo‘lgani taxmin qilinadi. Qizilqum, Qarshi sahrolari va Ustyurtda mozaik tarqalgan, kam sonli.
Yashash tarzi: Oqshom va tungi paytlarda faol. Yumronqoziqlar va katta qumsichqonlar inida yashaydi. Baʼzan bo‘rsiq va tulki iniga ham joylashib olishi mumkin, lekin o‘zi kamdan-kam hollarda in qaziydi. Monogam. Yanvar-fevral oyida juftlashadi va mart-aprel oyida bolalaydi (odatda 5-7 ta). 9-10 oylik paytida jinsiy voyaga yetadi. Asosan, kemiruvchilar bilan, baʼzida hasharotlar, sudralib yuruvchilar, qushlar va ularning tuxumlari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Qo‘riq yerlarning o‘zlashtirilishi, yashash joylarining o‘zgarishi va degradatsiyasi, brakonyerlik.
Ko‘paytirish: Tutqun lik da yaxshi ko‘payadi.
Muhofaza choralari: Buxoro ixtisoslashgan “Jay ron”pitomnigida muho faza qilinadi. Mavjud yashash joylarini saqlash va nazorat qilish; ov qilishni butunlay taqiqlash va ovchilar bilan tushuntirish ishlarini olib borish.
Manbalar: [32, 50, 56, 57, 62, 63, 103].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009