
Maqollar
Ekologik tarbiyaga oid bir qancha maqollarni aytib o`tish mumkin: “Suv ichadigan qudug`ingga tupurma”, “Oldingdan oqqat suvning qadri yo`q”, “Suv zar, suvchi zargar”, “Suv ichganda ariq qazganni unutma”, “Suv – hayot manbai”, “Hosilning otasi suv – onasi Er”, “Er-hazina, suv-gavhar”, “Tozalik – sog`liq garovi”, “Toza uyda gard qolmas”, “Birni kessang o`nni ek” kabi maqollarni xalq og`zaki ijodida ko`plab kuzatish mumkin. Bir kosa sut – olamga dud (bulut), “Tebranadi joni yo`q” (Zilzila va Er), “Oyog`i yo`q qochadi, qanoti yo`q uchadi” kabi bir qancha maqol, topishmoq va hikmatli so`zlarni sanash mumkin. Yuqorida keltirib o`tgan maqollarimiz tabiiy resurslarning kundalik hayotimizdagi o`rni beqiyos ekanligi, suvdan va boshqa ne`matlardan oqilona foydalanish kerakligi, tozalikka ahamiyat berish va daraxtlarni kesmaslikka chaqiradi.