
Devonu lug‘otit turk, Qutadg‘u bilig
Maxmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug`otit turk”, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg`u bilig” asarlari xam xalq pedagogikasining rivojlanishida turkiy xalqlar hayotida juda muhim o`rin tutadi. Bu ikki asarda masnaviy, to`rtlik, qasida, marsiya, maqol kabi adabiy janrlarda ijtimoiy, siyosiy, falsafiy, pedagogik qarashlar ifoda etilgan. “Yaxshidan bog` qoladi, yomondan dog‘ qoladi”, “Olma og‘ochidan olisga tushmas” kabi maqollar mana shu tarihiy asarlarda xam keltirilgan. Ekologik tarbiya ko‘nikmalarini shakllantirishda xalq pedagogikasidan topishmoq va masallar, maqollar, folklor janrdagi sherlar, o`yinlar texnikasidan pedagogik faoliyatda foydalanish mumkin.