Daraxt ekish – daraxt ekish qancha turadi?
Oddiy mevali daraxtlarni ekish – 15000 dan o’rtacha daraxt ko’chatlari narxi 50 000 gacha. Bu narx bozor narxida o’rganilgan. Mevasiz daraxtlar xam huddi shunday. O’zbekistonda agar hozirgi kunda 36 milliondan oshiq aholi yashayotgan bo’lsa, agar ularni yarmini daraxt ekishga yaroqli deb hisoblasak va o’shancha aholi agar bir tupdan ko’chat eksa va uni parvarishlasa yiliga 18 millinga yaqin ko’chat ekiladi. Agar u ko’chatlarni to’g’ri parvarish qilinsa va bu ishga jamoatchilik – maktab o’quvchilari, o’qituvchilar va jurnalistlarni, blogerlarni e’tiborini qaratsak yaxshi natijalarga erishishimiz mumkin. Bu katta mablag’ ham talab qilmaydi. Agar to’g’ri tushuntirilsa hamma ko’chatni o’zi sotib olsa ham bo’ladi. Chunki mamlakatimizda yashayotgan har bir inson bundan manfaatdor. Daraxtlarni ko’plab kesilishi mikroiqlimga va namlikka shuningdek iyul oylarida havoning anomal darajada isib ketishiga olib kelmoqda. Biz daraxt kesishga qarshimiz heshtegi ostida butun respublika yoshlarini birlashtirish fursati keldi. Agar bitta daraxt kesilsa uni yana qayta o’sha holiga kelishiga 10 yil vaqt kerak. Agar o’rmonlar yo’qolsa ularni tiklanishiga 60 yil vaqt kerak bo’ladi. Bizning shahrimizdagi umiman respublikamizdagi ko’plab chinorlar kesilib ketdi ularni ham agar tiklamoqchi bo’lsak 10 yildan ko’p vaqtni talab qiladi.