
09.12.2022
Buxoro bug‘ulari
Buxoro bug‘usi (Cervus elaphus bactrianus) - juft tuyoqlilar turkumining bug‘ular oilasiga mansub bo‘lgan sut emizuvchi hayvonlarning kenja turi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil Kitobiga va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (TMXI) ro‘yxatiga yo‘q bo‘lib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur maqomi bilan kiritilgan.
Bug‘ular o‘simlikxo‘r hayvonlar bo‘lib, 27 turdan ortiq o‘simliklar bilan oziqlanishi qayd etilgan.
Bug‘ularning asosiy yashash joyi daraxt va buta o‘simliklari zich o‘sgan daryo bo‘yidagi qalin to‘qayzorlar hisoblanadi.
Buxoro bug‘ulari qish oylarida butalar, o‘tsimon o‘simliklar, yovvoyi holda o‘suvchi daraxtlarning novdalari bilan oziqlanadi. “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida ham doimiy muhofaza qilinadi.
Suratlar Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi "Zarafshon" milliy bog‘i hududida olingan.
Suratlar muallifi: N.Marmazinskaya