
21.02.2025
Oʻzbekistonda havo ifloslanishiga qarshi kurash Qonunchilik darajasida kuchaytiriladi
Senatorlar "qurilish maydonchalarida chang va qum zarralarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘ yicha majburiy talablar belgilanishi munosabati bilan o ʼzbekiston Respublikasining maʼ muriy javobgarlik to ʼ g ʼrisidagi kodeksiga qo‘ shimchalar va o ʼzgartirishlar kiritish haqida"gi qonunni maʼqulladilar.
Keyingi yalpi majlisda qurilish va urbanizatsiyaning kengayishi, qurilish maydonchalarida chang va qum zarralarining havoga ko‘tarilishi natijasida atmosfera havosi sifati yomonlashayotgani qayd etildi.
Statistikaga ko‘ra, respublikada har yili 500 kvadrat metr maydondagi ochiq qurilish maydonchasidan 50 tonnagacha chang va qum havoga ko‘tariladi.
Taʼkidlanishicha, milliy qonunchilikda atmosfera havosini muhofaza qilish talablari va shaharsozlik qoidalari doirasida qurilish paytida atmosferaga chang ko‘tarilishi uchun aniq javobgarlik ko‘zda tutilmagan. Shu sababli, mavjud vaziyat qurilish tashkilotlari mansabdor shaxslarining qurilish maydonchalarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgarligini belgilashni talab qiladi.
Senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilgan qonun maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni ushbu turdagi huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilaydigan modda bilan to‘ldiradi.
Endi 500 kvadrat metr va undan ortiq hajmdagi qurilish maydonchasida, unga tutash hududda va undan chiqish yo‘llarida chang va qum zarralarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablarni buzish yoki ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning atmosfera havosiga ruxsat etilgan maksimal chiqindilari meʼyorlaridan oshib ketishi mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o ʼn baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ ladi (3 mln 750 ming so‘m).
Agar huquqbuzarlik ma ʼmuriy jazo qo‘ llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan bo ʼlsa, mansabdor shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima (18 mln 750 ming so‘ m) qo ʼ llaniladi.