
15.01.2025
Yangi bog‘lar va havo sifatini yaxshilash: Samarqandning ekologik master-rejasi tasdiqlandi
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi Samarqandning ekologik master-rejasini tasdiqladi, deb xabar beradi ekologiya vazirligi matbuot xizmati.
Master-reja yangi bog‘lar, jamoat bog‘lari yaratish va qurg‘oqchilikka chidamli daraxtlarni ekish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Havo sifatini yaxshilash uchun jamoat transportini modernizatsiya qilish, ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va sanoat obʼektlarini yangilash ko‘zda tutilgan.
Master-reja doirasida yangi ekologik poligon yaratilishi va chiqindilarni alohida yig‘ish tizimi joriy etilishi aniqlandi.
Suv yo‘qotilishini kamaytirish uchun infratuzilmani modernizatsiya qilish, suvni tozalash tizimlarini takomillashtirish va qayta foydalanish texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilgan.