Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

11.02.2025

Oʻzbekistonda hududlarning ekologik reytingi joriy etilganda maʼlum bo‘ldi
Joriy yilning 1 sentabridan boshlab Oʻzbekistonda tumanlar darajasida ekologik pasportlar va ekologik master-rejalar, shuningdek, hududlarning ekologik reytingini ishlab chiqish amaliyoti keng jamoatchilikka taqdim etilib joriy etilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonida aytilgan. Hududlarda atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini samarali tashkil etish, hududiy davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida ekologiya va "yashil rivojlanish" masalalari bo‘yicha maslahatchilarni Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini ekologiya vazirligi bilan kelishilgan holda xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari hisobidan jalb etish topshirildi. Ekologiya vazirligi rahbari Aziz Abduhakimov jalb etilayotgan maslahatchilar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul etib belgilandi.