Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Qoratog‘ chalovi
Maqomi
2. Nurota tog‘i va shimoli-g‘arbiy Tyan-Shanning areali qisqarib borayotgan kamyob endemik o‘simligi.

Qisqacha tavsifi
Bo‘yi 20-30 sm ga etadigan zich poyali, chim hosil qilib o‘suvchi ko‘p yillik o‘t. Barglari ingichka, chiziqli, chetlari ichkarisiga bukilgan, dag‘al tukli, yuqori qismi biroz kengaygan, to‘pguli ingichka, kam boshoqchali bo‘lib, girdini o‘rab turadi. Boshog‘ining uzunligi 8-9 sm, bir marta bo‘g‘im-bo‘g‘im bo‘lib bukilgan, pastki qismi tuksiz, bo‘g‘imidan yuqorisi patsimon tukli, tuklari 5-7 mm uzunlikda. Iyun–iyul oylarida gullab, meva beradi.

Tarqalishi
Navoiy viloyati: Nurota tizmasining g‘arbiy qismi, Qoratog‘va Oqtog‘tizmalarida o‘sadi. Qozog‘istonda ham uchraydi.

Oʻsish sharoiti
Tog‘larning o‘rta va pastki qismlaridagi toshli, soz tuproqli va ohaktoshli yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni
Kam tarqalgan, kichik-kichik tuplar hosil qiladi.

Ko‘payishi
Urug‘idan ko‘payadi.

Oʻsimlilar soni va arealining o‘zgarish sabablari
Sanoat korxonalari va boshqa inshootlar qurilishi hamda chorva mollarining boqilishi tufayli kamayib bormoqda.

Madaniylashtirish
Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari
Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009