
QIZILQUM KOVRAGI
Maqomi 3. Qizilqumdagi qoldiq tog‘larda o‘sadigan kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 50 sm ga yetadigan polikarp o‘t. Poyasi o‘rta qismidan ro‘vaksimon shoxlanadi, keyinchalik qizil tusga kiradi. Shox- lari ketma-ket joylashgan. Ildiz bo‘g‘izidagi barglari qisqa va yo‘g‘on bandli, keng novli. Yaprog‘i keng rombsimon, uchtadan bo‘lakka ajral- gan, bo‘laklari, o‘z navbatida, uch karra pat shakli- da bo‘lingan, uchidagi pallachalari tuxumsimon, 5-10 mm uzunlikda. Poyadagi barglarining yaproq- lari juda qisqa. Soyabonlari o‘rama bargchalarsiz,
7- 10 gulli. Kosacha barglari tishsiz, tojbarglari sariq rangda. Mevasi cho‘ziq-dumaloq shaklda. May oyida gullab, mevasi iyunda yetiladi.
Tarqalishi. Buxoro, Navoiy viloyatla- ri: Qizilqumdagi qoldiq tog‘larda (Tomditog‘, Beltog‘, Sangruntog‘, Bo‘kantog‘, Quljuqtog‘lar) va ola tusli tuproqlarda tarqalgan.
Usish sharoiti. Toshli-shag‘alli yonbag‘ir- larda, ola tusli tuproqlarda va yuzaga chiqib qolgan tub jinslarda tarqalgan.
Soni. Tabiatda yakka-yakka holda o‘sadi.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Chorva mollarining haddan tashqari ko‘p boqilishi sababli soni kamayib bormoqda.
Madaniylashtirilishi. O‘zR FA Qizilqum cho‘l stansiyasining tajriba maydonida sinab ko‘rilmoqda.
Muhofaza choralari. Alohida muhofaza chora- lari ishlab chiqilmagan.
Manbalar. [141,159, 237].
M. G. Pimenov, Ye. Klyuykov
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009