
TUGANAKLI KOVRAK
Maqomi 3. O‘zbekistonning janubi-g‘arbida o‘sadigan kamyob tur.
Qisqacha tavsifi. Ko‘p yillik monokarp o‘simlik. Ildizi qisqa, bir nechta butoqlarga bo‘lingan, yon tomirlari tugunakli. Poyasining bo‘yi 50-60 sm, och yashil rangda, bo‘g‘im oraliqlari pufaksimon shishgan, o‘rta qismidan shoxlangan. Poyaning pastki qismidagi shoxlari ketma-ket, yuqoridagilari esa halqa shaklida o‘rnashgan. Ildiz bo‘g‘izidagi barglari romb shaklida, ban- di qisqa, uch karra patsimon bo‘lingan, tishchali, 1,5- 2 sm uzunlikda. Soyaboni har xil: o‘rtasidagilari deyarli bandsiz, 7-13 shuʼlali, diametri 8 sm atrofida, yon tomondagilari 2-3 tadan birlashgan. Soyabonchalari 10-15 gulli. Tojbargi sariq rangli, cho‘ziq-dumaloq shaklda. Mevalari cho‘ziqroq-dumaloq, oqish-sariq rangli. May oyida gullab, iyunda yetiladi.
Tarqalishi. Surxondaryo viloyati: Hisor tiz- masining janubi-g‘arbiy tarmoqlarida (Ko‘hitang, Cho‘lbayir] tarqalgan.
O‘sish sharoiti. Tog‘larning o‘rta qismidagi toshli va toshli-shag‘alli yerlarda, archazorlarda tarqalgan.
Soni. Ko‘pincha yakka-yakka holda, baʼzan to‘p-to‘p bo‘lib o‘sadi.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Urug‘i yetilmagan paytda o‘simlikni chorva mollarining barcha turlari yaxshi isteʼmol qiladi. Shuningdek, yem-xashak sifatida o‘rib olinadi.
Madaniylashtirilishi. Ekib o‘stirilmaydi.
Muhofaza choralari. Surxon davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi.
Manbalar. [141,159, 237].
M. G. Pimenov, Ye. Klyuykov.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009