
SUMBUL KOVRAK
Maqomi 3. Pomir-Oloydagi kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 150 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t. Poyalari 2-5 ta, ingichka, yuqori qismi sershox. Barglari qattiq bo‘lib, ildiz bo‘g‘izida o‘rnashgan. Yaprog‘i uch karra patsimon bo‘lingan, uzunligi 2-3 sm, kengligi 1-1,5 sm, uchidagi bo‘laklari tuxumsimon nishli. Uzunligi 2-3 sm, kengligi 1-1,5 sm. Gullari sariqrangda. Kosacha bar¬glari tishchali. Mevasi mayda, uzunligi 7 mm, eni 4 mm. Iyunʼ oyida gullab, mevasi iyulda yetiladi.
Tarqalishi. Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari: Nurota, Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalarida tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi.
Usish sharoiti. Tog‘larning o‘rta qismidagi toshli yonbag‘irlarda, butazorlarda o‘sadi.
Soni. Nihoyatda kamyob, to‘p-to‘p bo‘lib uchraydi.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Mahalliy aholi tomonidan muttasil va nooqilona tarzda atir-upa sanoati uchun hamda dorivor xom ashyo sifatida yig‘ib olinishi va urug‘ining turli hasharotlar tomonidan zararla- nishi uning kamayishiga sabab bo‘lmoqda.
Madaniylashtirilishi. O‘zbekiston Milliy universitetining Botanika bog‘ida bundan bir necha yillar oldin o‘stirilgan.
Muhofaza choralari. Nurota, Zomin, Kitob, Hisor davlat qo‘riqxonalarida, Zomin milliy ta- biat bog‘ida muhofaza etiladi.
Manbalar. [141,159, 237].
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009