Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

TYANʼ-SHANʼ KAMELINIYASI
Maqomi 2. G‘arbiy Tyanʼ-Shanʼ hududiga man- sub juda kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 30-50 sm, ko‘p tu- gunakli, ko‘p yillik polikarp o‘simlik. Ildiz bo‘g‘izidagi barglariuzun bandli,yaprog‘iuch karra bo‘lingan, bo‘laklari cho‘ziqroq-dumaloq, nishlari bor. Poyadagi barglari bandli, yuqoridagilari qisqarib novga aylangan. Soyabonidagi 5 tao‘rama bargchali kamonlari 5-10 ta, uzunligi 10 sm. Ko- sachasi pardasimon tishli. Gultoji oq. Mevasi yumaloqroq, uzunligi 4 mm, eni 5 mm. May oyida gullab, mevasi iyulda yetiladi.
Tarqalishi. Toshkent viloyati: G‘arbiy Tyanʼ- Shanda - Ohangaron daryosi havzasida ikkita o‘sish joyi maʼlum: Dukentsoy va Qorabog‘soy.
O‘sish sharoiti. Dengiz sathidan balandli- gi 1200-1600 m bo‘lgan joylardagiko‘chib tushgan toshlar uyumi orasida o‘sadi.
Soni. Dukentsoydagi populyasiyasi o‘rganil- gan. 80 ga maydonda 600 dan ortiq har xil yoshdagi tuplari maʼlum.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Maxsus sharoitga moslashgan, atrof- muhitning o‘zgaruvchan sharoitlariga chidamsiz (stenobiont) va relikt tur.
MadaniylashtirilishI. 2009 yili O‘zR FA Botanika bog‘iga ekilgan.
Muhofaza choralari. O‘sish joylari Ugom- Chotqol milliy tabiat bog‘i hududida joylashgan.
Manbalar. [159, 311].
I. I. Malʼsev
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009