
POPOV JUYAKMEVASI
Maqomi 2. G‘arbiy Tyanʼ-Shandagi areali bo‘lingan, kamyob endemiko‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 40-50 sm, o‘q ildiz- li ko‘p yillik monokarp o‘simlik. Ildizining yo‘g‘onligi 1 sm ga yetadi. Ildiz bo‘g‘izi eski qurigan barglarining bandlari bilan qoplangan. Yopirma barglari patsimon, bo‘lingan, barg bandi ingich- ka qanotchali, to‘q yashil rangli. Poyasi baquvvat, jo‘yakli, asosidan boshlab shoxlangan. Soyaboni ko‘p, 10-18 ta shuʼlali kamonchasi bor, eni 5-7 sm. Tojbarglari sarg‘ish. Mevasi cho‘ziq, yon tomonidan qisilgan. Avgust oyida gullab, mevasi sentyabrda yetiladi.
Tarqalishi. Toshkent viloyati: G‘arbiy Tyanʼ- Shanda - Ugom, Piskom hamda Chotqol (g‘arbiy qismi) tizmalarida tarqalgan. O‘zbekistondan tashqari Qirg‘izistonda uchraydi.
Usish sharoiti. Dengiz sathidan balandligi 1600-2000 m bo‘lgan tog‘larning shimoliy va shimoli-sharqiy yonbag‘irlaridagi ohaktoshli qoyalarda o‘sadi.
Soni. Tabiatda yakka-yakka yoki to‘p-to‘p bo‘lib o‘sadi. 7 ta populyasiyasi aniqlangan.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. O‘simlik faqatgina bir marta gullab, meva berishi (monokarp) va urug‘ining yaxshi unmasligi hamda alohida sharoit (ohaktoshlar)ga moslashgan- ligi tufayli soni juda kam.
Madaniylashtirilishi. Qisqa vaqt davomida O‘zR FA Botanika bog‘ida ekib o‘stirilgan.
Muhofaza choralari. Ugom-Chotqol milliy ta- biat bog‘ida muhofaza qilinadi. Biologik xususi- yatlarini o‘rganish lozim.
Manbalar. [140,159].
M. G. Pimenov, Ye. Klyuykov.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009