
MAYDA MEVALI DOREMA
Maqomi 2. G‘arbiy Tyanʼ-Shanʼ va Shimoliy Po- mir-Oloyda o‘suvchi o‘ta kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 1-2 m gacha yetadi- gan ko‘p yillik o‘t. Barglari kulrang tusda bo‘lib, qirrali butun hamda yarmigacha kesilgan ki-chik bo‘lakchalarga to‘rt karra patsimon shaklda bo‘lingan. Bargining har ikki tomoni kalta-kalta tukchalar bilan qoplangan. Soyabonchalari qisqa shoxchalarda bittadan yoki ikkitadan bo‘lib, ketma- keto‘rnashgan. Soyabonchalaridagi gullari 10 tadan. Mevasi mayda-mayda, uzunligi 6-7 mm. May oyida gullab, iyunda meva beradi.
Tarqalishi. Namangan va Farg‘ona viloyatlari: G‘arbiy Tyanʼ-Shanda -Chotqol tizmasida (Qo‘qonbiy va Tergachi qishloqlari oralig‘i); Oloy tizmasi (Shohimardon)da tarqalgan. Qirg‘izistonda ham uchraydi.
Usish sharoiti. Tog‘ etaklaridagi soz tuproqli va shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi.
Soni. Kichik-kichik maydonlarda yakka-yakka holda uchraydi.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. O‘simlikning kamayishiga yerlarning qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun o‘zlashtirilishi va chorva mollarining boqilishi sabab bo‘lmoqda.
Madaniylashtirilishi. O‘zR FA Botanika bog‘ida 1961 yildan boshlab muvaffaqiyatli ra- vishda o‘stirib kelinmoqda.
Muhofaza choralari. Muhofaza choralari ishlab chiqilmagan.
Manbalar. [140,159].
M. G. Pimenov, Ye. Klyuykov.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009