Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Regel qirqboshi
Maqomi
2. Gʻarbiy Pomir-Oloydagi nihoyatda kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi
Bo‘yi 1 m gacha etadigan o‘q ildizli, ko‘p yillik o‘t. Ildiz bo‘g‘izi shoxlangan, eski barg qoldiqlari bilan qoplangan. Poyalari ko‘p, deyarli bargsiz, o‘rtasidan sh o x l a n g a n . Yopirma barglari qalin, uzun bandli, uch karra patsimon qirqilgan, bo‘laklari mayda ovalsimon. Poyadagi barglari juda mayda, uzunligi 3-4 mm, poyaning yuqori qismidagilari esa maydalashib, novga aylangan. Soyabonining eni 4-8 sm. Tojbarglari teskari tuxumsimon, oq. Iyun oyida gullab, mevasi iyulda etiladi.

Tarqalishi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari: Zarafshon va Hisor tizmalarining g‘arbiy qismida tarqalgan.

Oʻsish sharoiti
Tog‘larning toshli yonbag‘irlari (archazorlar)da o‘sadi.

Soni
Uchta erda mavjudligi aniqlangan. Umumiy soni haqida aniq maʼlumotlar yo‘q.

Ko‘payishi
Urug‘idan ko‘payadi.

Oʻsimlilar soni va arealining o‘zgarish sabablari
Aniqlanmagan.

Madaniylashtirish
Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari
Hisor va kitob davlat qo‘riqxonalarida muhofaza etiladi.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009