
Yovvoyi anor
Maqomi
3. Oʻzbekistonda tabiiy holda juda kam saqlanib qolgan, areali bo‘lingan relikt tur.
Qisqacha tavsifi
Bo‘yi 2 m ga etadigan buta. Bargi cho‘ziq, teskari tuxumsimon, uzunligi 6-8 sm, eni 7-15 mm, charmsimon, qisqa shoxlarda to‘p-to‘p, uzun shoxlarda esa qarama-qarshi o‘rnashgan. Guli kalta novdalarda joylashgan. Kosachasi qayishsimon mustahkam, tojbargi och qizil rangda. Mevasi yumaloq, yirik. May–avgustda gullab, sentyabr–oktyabr oylarida meva beradi.
Tarqalishi
Surxondaryo viloyati: Hisor tog‘ining janubi-g‘arbiy qismida To‘palang, Sangardak daryolari havzalarida tarqalgan. Tojikiston, Turkmaniston, Kavkazorti, Turkiya, Shimoliy Eron, Afg‘onistonda ham uchraydi.
Oʻsish sharoiti
Tog‘ning o‘rta qismida– dengiz sathidan 1000-1600 m balandlikdagi salqin va nam daralarda o‘sadi.
Soni
Tog‘ning o‘rta qismida– dengiz sathidan 1000-1600 m balandlikdagi salqin va nam daralarda o‘sadi.
Ko‘payishi
Urug‘idan va ildiz bachkisidan ko‘payadi.
Oʻsimlilar soni va arealining o‘zgarish sabablari
Anorzorlarning buzib yuborilishi va mevalari pala-partish yig‘ib olinishi tufayli kamayib bormoqda.
Madaniylashtirish
Anor odamlar tomonidan 4000 yildan buyon etishtirib kelinadi.
Muhofaza choralari
Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009