Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Qizil lola
Lola (Tulipa) — loladoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, manzarali ekma gul. Yer yuzida uning 1400 ga yaqin, jumladan, Yevrosiyoda 100 dan ortiq, Oʻrta Osiyoda 64 turi tarqalgan. Lolalar piyozli bahori oʻsimlik hisoblanadi, gulchilikda muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻpgina mamlakatlar qatorida Niderlandiyada va Oʻrta Osiyoda lola koʻproq yetishtiriladi. Oʻzbekistonning adir va togʻlarida lolaning yovvoyi 25 turi usadi. Lolaning qizil L (T. greigii) va targil lola (T. fosteriana) xili gullarining yirik va nafisligi bilan boshqa lolalardan farq qiladi. Seleksionerlar yaratgan navlar soni hozirgi vaqtda bir necha mingdan ortiq. Oʻzbekiston FA Botanika bogʻida 60 ga yaqin xili oʻstiriladi. Qizil rang lolaning turli tuslilari: och qizildan, qora qizilgacha, shuningdek, sariq, targʻil, gunafsha va boshqa xillari uchraydi. Piyozi tuxumsimon, rombsimon, sharsimon, diametri 2,5—4 sm, Poyasi 20— 30, baʼzan 50 sm gacha. Barglari 2—3 ta, choʻziq. Tojbarglarining uz. 8 sm. Mevasi koʻsakcha, eni 1,5—2 sm, uz. 3— 6 sm. Lola, asosan, adirlar, toshli va chagʻir toshli qiyaliklarda yaxshi oʻsadi. Urugʻi hamda piyozidan koʻpaytiriladi (piyozidan koʻpaytirilganda erta gul beradi). May — iyunda gullaydi. Iyun — iyul oyining oxirlarida piyozi qazib olinib, 22—25° haroratda quritib saqlanadi, soʻngra harorat 12—13° ga pasaytiriladi. Sentabr-okt. oylarida piyozi 8—15 sm chuqurlikda ekiladi.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009