
Cottus spinulosus Kessler, 1872
Maqomi. 2(VU:D): Sirdaryoning zaif, qisqarib borayotgan, lokal tarqalgan endemik relikt turi.
Tarqalishi: Sirdaryo havzasining yuqori qismi (Qoradaryo va Norin daryolari).
Oʼzbekistondan tashqarida: Qirgʼiziston.
Yashash joylari: Daryolarning tubi qum va shagʼalli togʼoldi qismlari; buloqlar.
Soni: Ilgari barcha yashash joylarida koʼp boʼlgan. Oxirgi oʼn yillar davomida soni keskin kamayib ketdi.
Yashash tarzi: Togʼ daryolari tubida
yashaydigan, sovuqsevar kamxarakat baliq. 2-3 yoshda jinsiy voyaga
yetadi. Urchishi -may-iyunda. Serpushtliligi - 300-820 uvildiriq atrofida. Suv hasharotlari lichinkalari bilan ovqatlanadi.
Cheklovchi omillar: Sirdaryo oqimning sunʼiy tartiblanishi natijasida tabiiy suv rejimining oʼzgarishi, suvning ifloslanishi; rekreatsion faoliyat; kelgindi baliqlar raqobati.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Turning yashash joylarida muhofaza tartibini ishlab chiqib joriy qilish, aholi oʼrtasida tushuntirish ishlarini olib borish lozim.