
Chotqol shaytonbaligʼi (toshbuqasi)
Maqomi: 2(VU:D): Gʼarbiy Tyanьshanning zaif, qisqarib borayotgan, lokal tarqalgan endemik relikt turi.
Tarqalishi: Chirchiq daryosi havzasining yuqori qismi (Chotqol, Koʼksuv, Pskom, Ugom daryolari).
Oʼzbekistondan tashqarida:Qozogʼiston.
Yashash joylari: Daryolarning togʼ va togʼoldi qismlaridagi toza, tiniq suvli, oqimi nisbatan sust va tubi toshshagʼalli, koʼproq shagʼal va harsang toshli joylari.
Soni: Ilgari barcha yashash joylarida koʼp bulgan .Oxirgi oʼn yillar davomida soni keskin kamayib ketdi.
Yashash tarzi: Togʼ daryosi tubida yashovchi kamharakat va kam sonli galalar hosil qiluvchi sovuqsevar baliq. Jinsiy voyaga 2-3 yoshda yetadi. Urchishi - may-iyulda. Serpushtliligi - 80-540 donagacha uvildiriq. Suv hasharotlari lichinkalari bilan ovqatlanadi.
Cheklovchi omillar: Chirchiq daryosi oqimning sunʼiy tartiblanishi natijasida tabiiy suv rejimining oʼzgarishi, suvning ifloslanishi; rekreatsion faoliyat; iqlimlashtirilgan baliqlar raqobati.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Chotqol qoʼriqxonasi va Ugom-Chotqol milliy bogʼida muhofaza qilinadi. Turning yashash joylarida maxsus muhofaza tartibini oʼrnatish, oromgohlarda targʼibot ishlarini olib borish lozim
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009