Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Turkiston laqqachasi
Glyptosternum reticulatum McClelland, 1842

Maqomi. 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan togʼli Osiyo endemik turi. Tarqalishi. Sheroboddaryo, Surxondaryo, Ohangaron, Chirchiq, Qoradaryo va Norin daryolarining yuqori oqimlari. Oʼzbekistondan tashqarida: Qirgʼiziston, Tojikiston, Аfgʼoniston, Pokiston, Hindiston.
Yashash joylari: Daryolarning togʼ va togʼ oldi qismlaridagi tubi toshloq, tez oqar joylari.
Soni: Ilgari hamma yashash joylarida koʼp boʼlgan, keyingi oʼn yillar ichida keskin kamayib ketdi.
Yashash tarzi:Suv tubida yashovchi tunlari faollashadigan baliq. Аksariyat vaqtini harakatsizlikda oʼtkazadi. 3-4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi-iyunь-iyulda. Serpushtliligi - 120-880 uvildiriq atrofida. Suv hasharotlarining lichinkalari, ahyonahyonda mayda baliqlar bilan
ovqatlanadi.
Cheklovchi omillar: Daryolar oqimining sunʼiy tartiblanishi natijasida tabiiy suv rejimining oʼzgarishi, suvning ifloslanishi sellar, rekreatsion faoliyat, kelgindi baliqlarning raqobati.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Chotqol qoʼriqxonasi va Ugom-Chotqol milliy bogʼida muhofaza qilinadi. Turning yashash joylarida maxsus muhofaza tartibini oʼrnatish, aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish lozim.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009