
Pseudoscaphirhynchus hermanni (Kessler, 1877)
Maqomi. 1(CR): Аmudaryoning butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan endemik relikt turi. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [CR].
Tarqalishi: Ilgari Аmudaryo-ning Termizdan to etagigacha boʼlgan qismida yashagan, Qashqadaryo va Zarafshonning quyi oqimi suvhavzalariga oʼtgan. Hozirda Аmudaryo havzasining Buxoro va Surxondaryo viloyatlari hududlaridagi qismida saqlanib qolgan.
Oʼzbekistondan tashqarida: Turkmaniston.
Yashash joylari: Daryoning chuqurligi 2-3 m, tubi qumli va loyli joylari. Loyqa oqar suvlarda yashaydi.
Soni: 1964 yildan keyin 63 donasigina (oxirgilari - 2002 yilda) tutilgan
Yashash tarzi: Yetarlicha oʼrganilmagan. Daryolarda turgʼun hayot kechiradigan baliq. Urchishi - aprelda. Аsosan hasharotlar lichinkalari bilan ovqatlanadi.
Cheklovchi omillar: Аmudaryo oqimining sunʼiy tartiblashtirish natijasida tabiiy suv rejimining oʼzgarishi, suvning ifloslanishi, koʼpayish sharoitlarining yomonlashishi, brakonerlik.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Qizilqum va Surxon qoʼriqxonalarida muhofaza ostiga olingan. SITESning Ilovasiga kiritilgan. Saqlanib qolgan baliqlarni topish, ularni koʼpaytirishni tashkillashtirish, hayot tarzini mukammal oʼrganish, yashash joylarida maxsus muhofaza tartibini joriy qilish.