Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Orol bahrisi (bakra)

Acipenser nudiventris Lovetzky, 1828

Maqomi. 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan relikt tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [EN], {EX} (Orol populyatsiyasi).

Tarqalishi. Аmudaryoning quyi va oʼrta oqimlari; ilgari Orol dengizi va Sirdaryoda ham boʼlgan. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston (Orol dengizi va Balxash-Ili havzalari), Kaspiy, Qora va Аzov dengizlari havzalari.

Yashash joylari. Dengizning chuqurligi 10-15 m-gacha boʼlgan joylari (ulgʼayish) va u yerlarga quyiladigan daryolar (urchish).

Soni. 1970-1999 yillar mobaynida 267 donasi tutilgan.

Yashash tarzi. Oʼtkinchi, gala boʼlib yashaydigan baliq. 10-12 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi 2-3 yilda bir marta, daryoga kirganidan (iyulь-avgust da) soʼng, kelasi yilning bahorida yuz beradi. Serpushtliligi - 200-1300 mingta uvildiriq atrofida. Аsosan suv hasharotlarining lichinkalari, boʼgʼimoyoqlilar, mollyuskalar va mayda baliqlar bilan ovqatlanadi.

Cheklovchi omillar. Daryo oqimining sunʼiy ravishda tartiblanishi va suvining ifloslanishi, natijasida Orol dengizi (suv sathining pasayishi va uning shoʼrlanishi) va unga quyiladigan daryolarning tabiiy suv rejimining oʼzgarishi; 1936-1937 yillar da baliqlarning yoppasiga kasallikka chalinishi, koʼplab ovlanishi, brakonerlik.

Koʼpaytirish. Imkoni mavjud.

Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Baday-toʼqay va Qizilqum qoʼriqxonalarida muhofaza qilinadi. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan. Sunʼiy sharoitda koʼpaytirish va yashash joylarida maxsus muhofaza tartibini joriy qilish lozim.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009