
Capoetobrama kuschakewitschi (Kessler, 1872)
Maqomi. 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, Turkiston endemik relikt turi.
Tarqalishi. Аmudaryoning yuqori qismidan to etagigagacha; Qashqadaryo va Surxondaryo; Zarafshonning oʼrta va quyi oqimidagi suv havzalari; oʼtmishda Sirdaryoda ham boʼlgan. Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʼiziston.
Yashash joylari. Daryoning chuqurligi 1-2 m, tubi qumli va toshloq joylari. Loyqa oqar suv- larda yashaydi.
Soni. Ilgari barcha yashash joylarida koʼp boʼlgan, keyingi oʼn yilliklarda soni keskin kamayibketdi.
Yashash tarzi. Kam sonli galalar hosil qilib yashovchi daryo baligʼi. 3-4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi - aprel-iyunda. Serpushtliligi - 1,75-42,3 ming uvildiriq atrofida. Jonivorlarning chiriyotgan qoldiqlari va balchiq bilan ovqatlanadi.
Cheklovchi omillar. Daryolar oqimining sunʼiy tartiblanishi natijasida tabiiy suv rejimi-ning oʼzgarishi, suvining ifloslanishi; koʼpayish sharoitlarining yomonlashuvi; kelgindi baliqlar raqobati.
Koʼpaytirish. Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari. Badaytoʼqay, Qizilqum va Surxon qoʼriqxonalarida muhofaza qilinadi. Turning yashash joylarida maxsus muhofaza tartibini joriy qilish lozim.