
Choʼrtansifat oqqayroq (kalbaliq, choʼrtanmarka)
Aspiolucius esocinus (Kessler, 1874)
Maqomi
1(EN):
Yoʼq boʼlib ketayotgan,lokal tarqalgan Turkiston endemik relikt turi.
Tarqalishi: Аmudaryo va Sirdaryoning oʼrta oqimlari, hamda ularning irmoqlari; Qashqadaryo va Zarafshonning quyi qismidagi suv havzalariga ham oʼtgan.
Oʼzbekistondan tashqarida:Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Turkmaniston.
Yashash joylari. Daryoning chuqurligi 2-3 m, tubi qumli va toshloq joylari. Loyqa oqar suvlarda, kamdan-kam hollarda oqmas suvlarda yashaydi.
Soni:Ilgari hamma yashash joy¬larida koʼp boʼlgan, keyingi oʼn yillar davomida keskin kamayib
Yashash tarzi.: Yirtqich daryo baligʼi. 6-7 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi - fevral-mart oylarida. Serpushtliligi - 22-190 ming uvildiriq atrofida. Baliqlar bilan ovqatlanadi.
Cheklovchi omillar: Daryolar oqimining sunʼiy tartiblanishi natijasida tabiiy suv rejimining oʼzgarishi, suvning ifloslanishi, koʼpayish sharoitlarining yomonlashuvi, brakonerlik.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Qizilqum va Surxon qoʼriqxonalarida muhofaza ostiga olingan. Turni koʼpaytirishni tashkil qilish, yashash joylarida maxsus muhofaza tartibini joriy qilish lozim.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009