Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Toshkent yuzasuzari
Alburnoides oblongus Bulgakov, 1923
Maqomi. 2(VU:D): Sirdaryoning zaif, qisqarib borayotgan, lokal tarqalgan  ndemik turi.
Tarqalishi. Chirchiq, Ohangaron d. havzalarining o‘rta va quyi oqimlari. 
O‘zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston.
 shash joylari. Daryo qirg‘oqlaridagi sayoz joylar, oqar suvli qo‘ltiqlar.
Soni. Oxirgi o‘n yil ichida keskin kamayib ketdi.
 shash tarzi. Kam sonli galalarda  shaydigan o‘troq daryo balig‘i. Jinsiy vo ga 2 yoshda yetadi.Urchishi - may oyida. Serpushtliligi - 0,5-1,5 ming uvildiriq atrofida. Suv hasharotlarining lichinkalari, suv oʼtlari, jonivorlarning chiriyotgan qoldiqlari va oʼsimliklarning urugʼlari bilan ovqatlanadi.
Cheklovchi omillar. Daryolar oqimining sunʼiy tartiblanishi va suvining kamayishi, uning ifloslanishi; koʼpayish sharoitlarining yomonlashishi, kelgindi baliqlar raqobati.
Koʼpaytirish. Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari. Ugom-Chotqol milliy bogʼida muhofaza qilinadi. Yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish, aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish lozim.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009