
Orol tikanagi
Maqomi
3(NT): yo‘q bo‘lib ketish ehtimoliga yaqin Orol endemik kenja turi. TMXI qizil ro‘yxatiga kiritilgan [LC].
Tarqalishi
Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo va Zarafshon daryolarining yuqori oqimidan quyi qismigacha bo‘lgan havzalari. Oʻzbekistondan tashqarida: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston. Boltiq, Egey, qora, Azov, Kaspiy dengizlari havzalarida – boshqa kenja turlari.
Yashash joylari
Daryo va ko‘llarning sayoz qo‘ltiqlari, buloqlar. Ulardagi tubi qumlibalchiqli joylarni afzal ko‘radi.
Soni
Ilgari butun yashash areali bo‘ylab ko‘p bo‘lgan. Keyingi o‘n yilliklar davomida Sirdaryo, Zarafshon va Oʻzbekistonning janubidagi suv havzalarida sonining uzluksiz kamayib borayotgani kuzatilmoqda.
Yashash tarzi
Daryolar tubida yashaydigan, baʼzan Daryo ostidagi qumga ko‘milib oladigan baliq. 2 yoshda jinsiy voyaga etadi. Urchishi – aprel–iyun oylarida. Serpushtligi – 240– 1850 uvuldiriq atrofida. Daryo tubidagi mayda umurtqasizlar, suv o‘tlari, jonivorlarning chiriyotgan qoldiqlari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar
Daryolar oqimining sunʼiy tartiblanishi natijasida tabiiy suv rejimining o‘zgarishi, suvning ifloslanishi, kelgindi baliqlar raqobati.
Ko‘payish xolati
Ko‘paytirilmagan.
Muhovaza choralari
Qizilqum, Zarafshon qo‘riqxonalarida va quyi Amudaryo biosfera rezervatining qo‘riqlanadigan hududida muhofaza qilinadi. Kenja tur yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish va monitoringini olib borish lozim.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009