
Farg‘ona qum kaltakesagi
Maqomi
1 (EN): yo‘q bo‘lib ketayotgan, lokal tarqalgan Farg‘ona vodiysi endemik kenja turi.
Tarqalishi
Farg‘ona vodiysi. Oʻzbekistondan tashqarida: Tojikiston. Oʻrta Osiyoning qolgan mamlakatlari, Sharqiy Eron, Shimoliy Afg‘oniston va Shimoliy Belujiston (Pokiston) da – boshqa kenja turlari.
Yashash joylari
Cho‘llarning siyrak o‘t-butali mustahkamlashgan va yarim mustahkamlashgan barxanlari. Baʼzan qumi ko‘chadigan joylarni ham makon tutadi.
Soni
1960-1970 yillarda lokal populyasiyalarda har bir gektarda 14-25 tagacha hisobga olinar edi. Hozirda aksariyat yashash joylarida yo‘q bo‘lib ketgan, qolganlarida esa nihoyatda kam uchraydi. 1999 yilda Yozyovon tabiiy yodgorligi qum barxanlarida bir gektarda 1-5 ta hisobga olingan.
Yashash tarzi
Mart-oktyabr oyida faol hayot kechirib, o‘z inida yashaydi va o‘sha erda qishlaydi. Mart–aprel oylarida juftlashadi. Yiliga 2-3 marta may– iyul oylarida 1-2 tadan tuxum qo‘yadi. Bolalari iyun–avgust oyida tuxumdan chiqadi va qishlovdan so‘ng jinsiy voyaga etadi. Hasharot va o‘rgimchaksimonlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar
Cho‘l hududidagi qo‘riq erlarning o‘zlashtirilishi, ayniqsa, erlarni shudgorlash va sug‘orish ishlari.
Ko‘payish xolati
Ko‘paytirilmagan.
Muhovaza choralari
Saqlanib qolgan barcha lokal populyasiyalarini aniqlash, muhofazasi va tutqunlikda ko‘paytirish choralarini ko‘rish zarur.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009