
Dasht qora iloni
Vipera (Pelias) renardi (Christoph, 1861)
ssp. tienshanica (Nilson et Andren, 2001)
Maqomi: 2 (VU:D): Zaif,
qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan [EN].
Tarqalishi: G`arbiy Tyonshon tog` tarmoqlari, Chirchiq va Sirdaryo vohalari.
O`zbekistondan tashqarida:Qozog`iston janubi va Balxashbo`yi, Qirg`iziston janubi, Tojikiston shimoli. G`arbiy va Sharqiy Evropa janubida,Moldaviyada,Ozarbayjonda, Turkiyaning shimoli-sharqida,Eronning
shimolida-boshqa kenja turlari.
Yashash joylari : Daryo qayirlari va ko`l sohillari, ba`zan tog` va tog` etaklaridagi quruq dashtlar.
Soni: 1970-yillarda lokal populyatsiyalarda gektariga 10-12 dona uchrar edi; hozirda soni juda kamayib ketgan.
Yashash tarzi: Mart-oktyabrda faol, toshlar ostida, tuproq yoriqlarida, kemiruvchilar inida berkinadi va o`sha erda qishlaydi. Mart-may oylarida juftlashadi. Avgust-sentyabrda bolalaydi (3¬16). Hasharotlar, o`rgimchaksimonlar, mayda kaltakesaklar, qushlar va sutemizuvchilar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Erlarning o`zlashtirilishi, pestitsidlarning qo`llanishi; odamlar tomonidan ta`qib qilinishi.
Ko`paytirish: Toshkent hayvonot bog`ida va O`zRFA Zoologiya instituti serpentariyasida bir necha marta nasl olingan.
Muhofaza choralari: Ugom-Chotqol milliy bog`ida muhofaza ostiga olingan. Evropa populyatsiyalari SITESning I-Ilovasiga kiritilgan.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009